“Tottenxem” ispaniyalik vingerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Atletik Bilabo" hujumchisi Niko Uilyams faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Kris Koulin xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, "shporlar" 23 yoshli futbolchini joriy transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgan. Londonliklar Nikoni "Kristal Pэlas"ga sotib yuborilgan Brennan Jonsonning o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda. Biroq, vingerni qo‘lga kiritish juda qiyin bo‘ladi. Chunki Uilyamsning "Atletik" bilan amaldagi shartnomasi 2035 yilning yozigacha mo‘ljallangan va u yilliga taxminan 21 million yevro maosh oladi.
Ispaniyalik vingerning hozirda "transfermarkt" portalidagi narxi 60 million yevroni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, Niko joriy mavsum Ispaniya klubi safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar