"Tottenxem" Keyn uchun juda katta narx belgiladi

  • 3 avgust, 2021, 16:34
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi Xarri Keynni o‘z safida olib qolishga harakat qilmoqda.

"Shporlar" angliyalik hujumchi uchun 150 million evro talab qilmoqda. Unga "Manchester Siti"dan qiziqish bor. "Shaharliklar" Keyn uchun 130 milliondan ko‘p to‘lamasligini ma’lum qilgan.

28 yoshli futbolchi jamoaning mavsumoldi yig‘inlarida ishtirok etmayapti. Shu paytgacha ortda qolgan mashg‘ulotlarda ingliz forvardi ko‘rinish bermagan. Uning "Transfermarkt" portalidagi narxi 120 million evroga teng.

Xarri o‘tgan mavsum "Tottenxem" safida 49 o‘yinda ishtirok etdi va 33 bor raqib darvozasini aniq nishonga oldi. Uning hisobida 17 assist ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!