
"Tottenxem" Keynni 120 million evroga ham sotmadi
"Tottenxem" rahbariyati hujumchi Xarri Keynni 120 mln evro evaziga "Manchester Siti"ga sotishni xohlamadi. Bu haqda italiyalik jurnalist-insayder Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shporlar” prezidenti Deniel Levi jamoa etakchisini sotishga rozi bo‘lmagan. Ammo Keyn ushbu transferni talab qilib va buning uchun “Tottenxem”ga ultimatum qo‘ymoqda.
27 yoshli angliyalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda "Tottenxem" safida jami 49 o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 33 ta gol hamda 17 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Xarri Keynning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar