
"Tottenxem" Keynni olib qolish yo‘lini topdi
"Tottenxem" rahbariyati jamoa sardori Xarri Keynni klubda olib qolishiga ishonmoqda.
Ta’kidlanishicha, klub 26 yoshli forvardning transfer summasini 200 million evro qilib belgilamoqchi. Rahbariyati koronavirus pandemiyasi ortidan klublarda kutilayotgan moliyaviy muammolar sabab ushbu summani xech bir klub to‘lay olmaydi deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Keyn yanvar oyida olgan jarohatini davolash bilan band. Mavsumnig birinchi qismida esa forvard barcha turnirlarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol kiritishni uddalagan edi.
Fikrlar