"Tottenxem" Keynning qolishiga ishonmoqda

  • 1 avgust, 2021, 15:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynning jamoadagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda.

Tecno

Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, "Manchester Siti" rahbariyati Keynni ham, Jek Grilishni ("Aston Villa") ham sotib olmoqchi. Biroq shaharliklar "Tottenxem"ga Keyn masalasida yangi taklif yuborishmagan.

"Tottenxem" Keynni saqlab qolmoqchi va uni ishontirish uchun hamma narsani qilmoqda. Faqat futbolchining hal qiluvchi qarori vaziyatni o‘zgartira oladi.

"Tottenxem" xotirjam, ammo "Manchester Siti" biror o‘zgarish bo‘lmasa, o‘z taklifini yaxshilashi mumkin.

Keyn o‘tgan mavsum APLda eng yaxshi to‘purar va eng yaxshi assistent degan nomni qo‘lga kiritgan. U premer-liganing 35 ta uchrashuvida o‘z hisobiga 23 ta gol hamda 14 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!