“Tottenxem” Keynning umidini so‘ndirdi

  • 4 aprel, 2021, 10:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” tarixidagi eng zo‘r hujumchi Harri Keyin jamoasi sovrin yuta olmayotgani uchun kuchli klubga o‘tishni maqsad qilgan edi.

Tecno

Klub prezidenti Daniel Levi uning transferini 150-170 million funt atrofida belgiladi. Biroq, shunda ham Angliya grandlari qiziqishi so‘nmaganidan keyin, rahbariyat hujumchi faqat xorij klublariga transfer qilinishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Keynning londonliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi. 27 yoshli hujumchiga asosan Manchesterning ikki klubi xaridor edi.

Joriy mavsumda premer-ligada 27 ta uchrashuvda 17 gol urgan hujumchi bu yil ham klubni tark etolmaydigan ko‘rinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!