"Tottenxem" Lempard jamoasini ishonchli hisobda taslim etdi (Videosharh)

  • 16.10.2022 03:20
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer Ligasi 11-turi  davom ettirilmoqda. Antonio Konte boshchiligidagi "Tottenxem" o‘z maydonida "Everton"ni qabul qilib, ishonchli hisobda g‘alaba qozondi.

59-daqiqada Xarri Keyn 11 metrli nuqtadan aniq zarba yo‘llab, uchrashuvda hisobni ochgan bo‘lsa, bahs yakuniga yaqin Bentankurning uzatmasidan keyin Xyoyberg o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Mazkur g‘alabadan keyin "shporlar" ochkolari sonini 23 taga etkazib, 3-o‘rinda qoldi. "Everton" esa 10 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Quyida mazkur bahs videosharhini tomosha qiling: 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!