«Tottenxem» Marmush va Savio transferlarini tezlashtirishga urinmoqda
Londonda joylashgan «Tottenhem» klubi «Manchester Siti» futbolchilari bilan bog‘liq ikki transferni imkoniy boricha tezroq yakunlashga harakat qilmoqda. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bugun «shporlar» hujumchi Omar Marmush va vinger Savioni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni jadalashtirishga urindi. Xabar qilinishicha, «Tottenhem» rejasi o‘zgarmagan — klub transfer oynasi yopilguncha bir markaziy hujumchi va ikki qanot hujumchisini jamoaga qo‘shib olishni maqsad qilgan.
Romano ta’kidlashicha, agar Savio bilan kelishuv amalga oshmasa, «Tottenhem» uchun zahira varianti sifatida «Chelsi» futbolchisi Pedru Netu ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Angliya premier-ligasining yangi mavsumi birinchi turida Roberto De Dzerbi boshqarayotgan jamoa safarda «Brentford»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar