«Tottenxem» Marmushni sotib olish majburiyati bilan ijaraga oldi
«Tottenhem» «Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmushni ijara asosida oʻz safiga qoʻshib oldi. Klub shartnomaga koʻra futbolchini keyinchalik 60 million funt evaziga toʻliq sotib olish majburiyatini ham oʻz zimmasiga olgan. Bu summa 50 million funtlik asosiy toʻlov va 10 million funtlik bonuslardan iborat.
London klubi rasmiy eʼlon qilganiga koʻra, Omar Marmush avval ijara asosida jamoaga qoʻshiladi. Shundan soʻng u toʻliq tarzda «Tottenhem» futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.
«Sky Sports News» manbalariga koʻra, shartnoma doirasida belgilangan 60 million funtlik majburiy sotib olish bandi aniq kelishilgan. Unga muvofiq, «Tottenhem» 50 million funtni kafolatlangan tarzda toʻlaydi, yana 10 million funt esa qoʻshimcha shartlarga bogʻliq ravishda beriladi.
Maʼlumot uchun, Omar Marmushni 2025 yil yanvar oyida «Ayntraxht Frankfurt» «Manchester Siti»ga sotgan edi. Oldingi xabarlardan farqli oʻlaroq, nemis klubi bu kelishuvga qayta sotishdan ulush olish bandini kiritmagan.
«Ayntraxht Frankfurt» osha paytda oʻzlari istagan kafolatlangan toʻlovni, shuningdek, belgilangan bonuslarni qoʻlga kiritgan. Shartnoma boʻyicha toʻlovlar qisqa muddatda amalga oshirilgani sababli, «Manchester Siti»ning frankfurtdliklar oldidagi barcha moliyaviy majburiyatlari toʻliq bajarilgan.
Shu tariqa Marmush «Manchester Siti»dagi sobiq jamoadoshi Savio yoʻlini qoʻllab, Roberto De Zerbi qoʻl ostidagi jamoaga qoʻshilmoqda. Braziliyalik yarim himoyachi seyşanba kuni 85 million funt evaziga «Tottenhem»ga oʻtgan edi.

Fikrlar