“Tottenxem” Mourinoning ishongan futbolchisini "yo‘ldan urmoqchi"

  • 7 avgust, 2022, 11:53
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanolo Italiya A seriyasini Angliya Premer ligasiga almashtirishi mumkin. AS nashrining xabar berishicha, 23 yoshli yarim himoyachiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko‘ra, "shporlar" Italiya klubi bilan muzokara boshlab yuborgan. Avvalroq Turinning “Yuventus” klubi Zanolo uchun asosiy davogar sanalgan, ammo “keksa sinora” “bo‘rilar” bilan kelisha olmagandi.

Nikoloning Rim klubi bilan shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda “Roma”ning barcha musobaqalar doirasidagi 42 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 gol va 9 golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!