"Tottenxem" muxlislari buni bilishlari shart!
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Xarri Keyn 4 oylik davolanishdan so‘ng nihoyat safga qaytdi.
"Shporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinoning so‘zlariga ko‘ra, 26 yoshli angliyalik futbolchi son qismidan olgan jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan. Endi u tezda sport formasini tiklab olishi kerak. Agar APLda mavsum davom ettirilsa, qolgan o‘yinlarda Keyn londonliklarga yordam bera oladi.
Eslatib o‘tish lozimki, Xarri Keyn joriy yilning 1 yanvar kuni “Sautgempton”ga (1:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

Fikrlar