“Tottenxem” olti futbolchini Chempionlar ligasidan chetlatdi
Evropa ligasi g‘olibi sifatida Chempionlar ligasining yangi mavsumida qatnashadigan “Tottenxem” qit’aning eng nufuzli musobaqasida o‘ynaydigan tarkibni ro‘yxatini e’lon qildi.
Muxlisu mutaxassislar bosh murabbiy Tomas Frank olti nafar futbolchini qaydnomaga kritmaganiga e’tibor qaratishdi.
Sky Sports nashriga ko‘ra, himoyachilardan Kota Takai va Radu Dregushin, yarim himoyachilardan Iv Bissuma va Jeyms Meddison, vingerlardan Matis Tel va Deyan Kulusevski xalqaro uchrashuvlarda ishtirok etmydi.
Tarkibdan chetda qolganlardan Dregushin, Meddison va Kulusevski jiddiy jarohatlari tufayli o‘yinlarda qatnasha olmaydi. Takai, Tel va Bissuma murabbiylar shtabi qarori bo‘yicha qaydnomaga kiritilmadi.
Takai “Totenxem” tarkibiga yaqinda qo‘shilgan va asosiy tarkibdan muqim joy olib ulgurgani yo‘q. Tel esa, bir yillik ijaradan keyin “Bavariya”dan 30 million funtga xarid qilindi. Ammo unga ham joy tegmadi. Bissuma esa PSJga qarshi o‘tkazilgan Evropa Superkubogi uchun bahsda diskvalifikatsiyana uchragan va klubning ichki tartib qoidalarini ko‘p marotaba buzgani uchun Chempionlar ligasida o‘ynash imkonidan ayrildi.
Fikrlar