"Tottenxem" Pyanich bilan aloqaga chiqdi

  • 05.07.2021 22:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Tottenxem” klubi vakillari “Barselona” yarim himoyachisi Miralem Pyanich bilan bog‘landi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

“Shporlar” o‘ziga yangi yarim himoyachi qidirmoqda. Ular bundan avvalroq, Manuel Lokatelli («Sassuolo») va Frank Kessi («Milan») kabi futbolchilar variantini ham ko‘rib chiqqan.

“Tottenxem”ning yangi ustozi Nuno Eshpiritu Santu ishni tarkibga yangi futbolchilarni jalb etishdan boshlamoqchi. U shu orqali muxlislar e’tiborini ham o‘ziga tortmoqchi.

Pyanichning o‘zi esa, “Barselona”dan A Seriyaga qaytishni xohlamoqda. Biroq Italiya klublari hozircha unga taklif bilan chiqmagan.

Miralem Pyanich o‘tgan mavsum “Barselona”da jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!