“Tottenxem” qimmatga olgan oʻyinchisidan ayrildi
«Tottenxem» qanot hujumchisi Savinyo mushak jarohati tufayli bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.
Futbolchi ushbu muammoga o‘tgan seshanba kuni, Roberto De Dzerbi boshchiligidagi jamoa Marbelyadagi mashg‘ulot yig‘iniga yo‘l olishidan biroz oldin duch kelgan.
Endi Savinyo «Tottenxem»ning yaqin oradagi bir qator uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
«Tottenxem» avgust oyining oxiridagina Savinyoni «Manchester Siti»dan 85 million funt evaziga sotib olgan edi. Biroq 22 yoshli braziliyalik futbolchi jamoa safida Premyer-ligada o‘tkazgan to‘rtta uchrashuvida hozirgacha birorta ham gol yoki golli uzatma qayd etmagan.
Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, «Tottenxem» yarim himoyachi Lukas Bergvallni ham tizza jarohati sababli taxminan ikki haftaga yo‘qotgan. Shu bilan birga, qanot hujumchisi Deyan Kulusyevski 2025 yil may oyidan beri birinchi marta jamoaning o‘yin uchun qaydnomasiga kiritilishi kutilmoqda.

Fikrlar