"Tottenxem" Tomas Frank borasida bir qarorga keldi
Londonning "Tottenxem" jamoasi bosh murabbiy Tomas Frankning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqida jurnalist Ben Jeykobs ma'lum qildi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Tomas Frankga qishki transfer oynasida rahbariyat tomonidan katta mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. Mutaxassis joriy mavsum oxirigacha jamoani boshqaradi. Shundan so‘ng uning klubdagi kelajagi haqida qaror qabul qilinadi. Ayni vaqtda rahbariyat Tomasni lavozimidan chetlatish haqida o‘ylamayapti.
Ma'lumot uchun, Frank yozda "shporlar"ni qabul qilib olgandi. U joriy mavsum jamoani 29 ta uchrashuvda boshqarib, 11 ta g‘alaba, 8 ta durrang va 10 mag‘lubiyat qayt etdi.
Fikrlar