"Tottenxem" xўjayинлари Gakpo "Siti"ni tanlaganidan shokda
Londonning «Tottenxem» klubi rahbariyati niderlandiyalik hujumchi Kodi Gakponing kutilmagan qaroriga jiddiy hayratda qoldi. «Liverpul» forvardi avval «shporlar» safiga o‘tishga yaqin turgan bo‘lsa-da, oxir-oqibat «Manchester Siti» variantini tanladi.
TeamTalk nashri xabariga ko‘ra, 27 yoshli Gakpo shimoliy londonliklar bilan shaxsiy shartnomaning barcha shartlarini kelishib bo‘lgan edi.
«Tottenxem» uni sotib olish uchun taxminan 90 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan. Biroq futbolchi karerasini davom ettirish uchun oxir-oqibat «Manchester Siti»ni ma’qul ko‘rdi. Ma’lumotlarga qaraganda, «shaharliklar» Gakpo uchun 99 million yevro sarf etishga rozi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Kodi Gakpo «Liverpul» tarkibida Angliya chempionatida 36 ta o‘yin o‘tkazdi. U shu bahslarda 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar