"Tottenxem" yosh yulduzni Germaniyaga jo'natib yubordi
Londonning «Tottenxem» klubiga tegishli bo‘lgan hujumkor yarimhimoyachi Mayki Mur faoliyatini Germaniyada davom ettiradi. Bu haqida sport jurnalisti Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
19 yoshli angliyalik futbolchining yangi jamoasi «Köln» bo‘ladi. Bundesliga klubi Murni 2026/2027 yilgi mavsum yakunigacha ijaraga oladi. Tomonlar o‘rtasida tuzilgan kelishuvda futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish bandisi ko‘zda tutilmagan.
O‘tgan mavsum Mayki Mur Shotlandiyaning «Reyndjers» klubi sharafini himoya qilgan. U mahalliy chempionat doirasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar