"Tottenxem" "Yuventus" qiziqayotgan futbolchisini tarkibda saqlab qolmoqchi

  • 29 noyabr, 2023, 23:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" yarim himoyachi Per-Emil Xyoybergni tarkibda saqlab qolmoqchi, deya yozmoqda insayder Fabritsio Romano.

Manbaning ma’lum qilishcha, 28 yoshli daniyalik futbolchiga "Yuventus"dan jiddiy qiziqish bo‘layotganiga qaramay londonliklar Emilni jamoada saqlab qolishga harakat qiladi. "Yuve" havbekni ijaraga olish borasida taklif tayyorlayotgandi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Xyoyberg joriy mavsum "shporlar" safida 13 ta bahsda maydonga tushib, samarali harakat amalga oshirmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!