
"Tottenxem"ning ishi engillashishi mumkin
"Real" o‘zining uelslik vingeri Garet Beyldan imkon qadar tezroq qutilish yo‘llarini izlamoqda.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi boshqa jamoaga o‘tgan taqdirda, madridliklar unga maoshining yarmini to‘lab berishga ham tayyor. Beylga esa sobiq jamoasi "Tottenxem"dan qiziqishlar mavjudligi haqida xabar berilgan edi.
Beyl o‘tgan mavsum “Real” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va jami hisobda 1261 daqiqa harakat qildi.
Fikrlar