
"Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi: Eriksenni tezroq sotib yuborish kerak
"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Xarri Rednapp “shporlar” tezroq daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksenni sotib yuborishi kerak deb hisoblayji.
Eslatib o‘tamiz, Eriksenning “Tottenxem” bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi.
“Eriksen yangi shartnoma imzolaydi deb o‘ylamayman. U yoz kelishini va erkin agentga aylanishini xohlamoqda.
Agar u chindan ham jamoada qolishni xohlamasa, uning o‘rniga boshqa futbolchini maydonga tushirgan bo‘lardim. Jamoa bilan shartnoma imzolashni xohlamayotgan futbolchiga “okey”deyish kerak.
U ajoyib futbolchi, bunga shubxa qilmayman. Ammo u oxirgi paytlarda ancha kuchsizlandi”, - deydi angliyalik mutaxassis.
Fikrlar