
Totti: "Agar Paulo jamoada kamida yana o‘n yil qolsa, bunga loyiq bo‘ladi!"
Butun faoliyatini “Roma”da o‘tkazgan afsonaviy italiyalik hujumchi Franchesko Totti Rim klubida argentinalik hujumchi Paulo Dibala qanday sharoitlarda o‘ninchi raqamni egallashi mumkinligini aytdi.
- Dybala "Roma"da o‘ninchi raqamga loyiqmi?
"Agar Paulo jamoada kamida yana o‘n yil qolsa, bunga loyiq bo‘ladi", - deya "Rim imperatori"ning so‘zlarini keltiradi " Goal" nashri.
Dibala o‘tgan yozda Turinning "Yuventus" klubidan "Roma"ga o‘tgan edi. Tomonlar 2025 yilning o‘rtalariga qadar shartnoma imzolashdi.
Italiya chempionatining so‘nggi mavsumida Paulo 25 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi(5 tasi penaltidan) va 6 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar