
To‘xtasinovni to‘xtatib bo‘lmadi yoxud Nurilloning dubli "Bunyodkor"ga g‘alaba keltirdi (video)
Bugun Coca Cola Superligasining 10-turiga start berildi. Tur doirasida “Bunyodkor” “Metallurg”ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Qaldirg‘ochlar”ga g‘alaba keltirgan gollarning ikkalasiga ham Nurillo To‘xtasinov (53', 59') mualliflik qildi.
Ushbu bellashuvdan so‘ng “Bunyodkor” musobaqa jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi, “Metallurg” esa 7-o‘rindan joy oldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar