
"Traktor" - "Paxtakor". Prevyu
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turida Toshkentning "Paxtakor" jamoasi Tabrizning "Traktor" klubiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs oldidan "sherlar" rasmiy "Telegram" sahifasi o‘yin prevyusini taqdim etdi:
"Chempionlar Ligasi 5-turida jamoamiz Eronning "Traktor" klubi bilan maydonga tushadi.
Ushbu raqib bilan bilan dastlabki bellashuvda 3:3 hisobi qayd etilgandi. O‘shanda "Paxtakor"dan Cheran, Muhiddinov va Erkinov gol urgan bo‘lsa, tabrizliklardan Dejaga va Abboszoda zafar quchgandi. "Traktor" bilan hozirgacha kechgan uch o‘yinda bittadan g‘alaba, durang va mag‘lubiyat kuzatilgan.
Bellashuvni diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradigan futbolchi ikkala jamoa tarkibida mavjud emas.
"Sherlar" mazkur bellashuvda g‘alaba qozongan taqdirda nimchorak finalga yo‘llanma olishga imkoniyatni saqlab qolishi mumkin. Aks holda, guruh bosqichidan keyin bu yilgi ishtirokimizni yakunlashga majbur bo‘lamiz.
"Traktor" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 26 aprel, dushanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da "Sharja" stadionida boshlanadi", - deb yozadi rasmiy sahifa.
Fikrlar