
Trebl qayd etgan Gvardiola qaerda dam olyapti?
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola muvaffaqiyatli yakunlangan mavsumdan so‘ng ta’tilini qaerda o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Ispaniyalik mutaxassis ta’tilni oilasi bilan Misrda o‘tkazmoqda. Murabbiy o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasiga bu haqda fotoreportaj joylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Gvardiola boshchiligida "Manchester Siti" trebl qayd etgandi. “Shaharliklar” Premer-liga chempioni va Angliya kubogi g‘olibi bo‘lishdi, shuningdek, Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqishdi.
Ma’lumot uchun, 52 yoshli murabbiy 2016 yilning iyulidan beri «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda. Gvardiolaning Manchester klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirida yakuniga etadi.
Fikrlar