Trent Aleksander-Arnold "Real Madrid"ni tark etishi mumkin
"Real" himoyachisi Trent Aleksander-Arnold yozda jamoasini almashtirishi mumkin.
"Qirollik klubi" angliyalik futbolchini yozda "Liverpul"dan sotib olgan edi. Biroq Trent Ispaniyada o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayapti. Xabarlarga ko‘ra, futbolchi klubdagi holatidan norozi va yozda jamoadan ketmoqchi. Manbada yozilishicha, ingliz futbolchisi "Bavariya"da o‘ynashni istayapti. Agar futbolchi jamoadan ketishni istasa, "Real" bunga ruxsat berishi kerak. Arnoldning shartnomasi 2031 yilda yakunlanadi va unda 1 milliardlik tovon puli belgilangan. "Qaymoqranglilar" esa futbolchini yuqori darajaga qaytishiga va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylanishiga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli fulbek joriy mavsumda umumiy 11ta uchrashuvda ishtirok etib, bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar