Tsarukyan va Nina haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘yildi! Haqiqat oshkor bo‘ldi

  • 29.04.2026 14:48
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli MMA ustasi Arman Tsarukyandan UFC jurnalisti Nina Drama bilan munosabatlari haqida so’rashdi.

"Nina va men – yaqin do’stlarmiz, xolos. Siz ko’rgan barcha narsa – shunchaki biz birgalikda suratga olgan kontent. Uning o’z sevgilisi bor. U yigit har doim Dramaning yonida. Ular birga ishlashadi", - dedi Arman.

Shuningdek, mazkur vaziyatga Nina Dramaning o’zi ham izoh berib o’tdi.

"Odamlar haqiqatan ham men UFC jangchilari bilan yotishimga ishonishadi. Hazilni tushunaman, lekin kim bunga chin dildan ishonishini bilmoqchiman. Men – UFC kontent-meykeriman... Jangchilarni targ’ib qilishga yordam beraman, biz sketchlar suratga olamiz. Intervyularda har bir jangchining shaxsini ochib berishga harakat qilaman, shuning ortidan hammamiz pul topamiz. Shon Striklend, Merab Dvalishvili, Diego Lopes, Arman Tsarukyan va Aleks Perreyra – mening do’stlarim, lekin ularga yolg’iz uchrashish uchun qo’ng’iroq qilmayman. Va nihoyat, mening yigitim – videografim emas... u ijodiy direktorim. Eslab qoling!" – dedi Nina.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!