TsSKA Osiyo kubogida porlayotgan Fayzullaev bo‘yicha rejasini aytdi

Moskvaning TsSKA klubi chempionatning ikkinchi qismiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. “Armiyachilar” qishki tanaffusga 8-o‘rinda chiqqani ko‘pchilikni hayron qoldirdi.

Bosh murabbiy Vladimir Fedotov bundan buyon vaziyatni o‘nglashga harakat qiladi. Ayni paytda TsSKa futbolchilari qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Selektsiya bo‘limi esa, jamoaning ayrim pozitsiyalariga yangi ijrochilarni topish bilan band.

Yozda “armiyachilar” uchta transferni amalga oshirib, tarkibga o‘zbekistonlik hujumkor futbolchi Abbosbek Fayzullaev, chililik markaziy hujumchi Viktor Davila hamda braziliyalik o‘ng qanot himoyachisi Kellvenni qo‘shib olgan edi.

Bu transferlar omadli chiqdi. Yangi o‘yinchilarning uchalasi asosiy tarkibda muntazam o‘ynamoqda. Fayzullaev Premer-ligada 13 ta uchrashuvda ikkita gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.

455ae46f5f7a5a8e5cf8630317ae4128653ea9ded8d33757155178

Davila chempionatda 11 ta o‘yinda qatnashib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshiga bitta golli pas uzatdi.

Kellven o‘ng qanotni to‘liq o‘ziniki qilib oldi. Braziliyalik futbolchi Premer-ligada 12 ta o‘yinda bitta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

Hozir TsSKAning qishki yig‘inlarida ikki nafar futbolchi qatnashmayapti. Bular o‘z mamlakati terma jamoalariga chaqirtirilgan Abbosbek Fayzullaev va Kellven. Bu holat “armiyachilar”ning bahorda boshlanadigan o‘yinlariga ta’sir qilishi mumkin. Ayniqsa, Abbosbek Fayzullaev TsSKAning barcha hujumchilarini tashkil qiladigan asosiy figura sanali va jamoaning o‘yini ko‘proq legionerimizga bog‘liq bo‘lib qolganini aksariyat mutaxassislar ham ochiqchasiga tan olmoqda.

Jurnalistlar TsSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotovdan terma jamoalarga chaqirtirilgan o‘yinchilar haqida fikr so‘radi.

— Kellven va Fayzullaev hozir o‘z mamlakatlari terma jamoalari ixtiyorida. Ular qaytganidan keyin qancha muddatga ta’til berasiz?

— Eng avvalo, bu futbolchilar safimizga qaytganida, terma jamoada qanday yuklamalarga duch kelganini aniqlab olishimiz talab etiladi.

Abbosbek Fayzullaev Qatardagi Osiyo kubogi musobaqasida o‘zini ko‘rsatmoqda. Yaqinda u raqib darvozasiga gol ham urdi.

— Abbos boshi bilan gol urgani sizni hayratga solmadimi?

— Fayzullaev yuqoridagi to‘p uchun kurashda g‘olib chiqqani yo‘q-ku. U kerakli paytda, kerakli joyda paydo bo‘ldi va aniq ko‘rib turib zarba berdi. Bu erda biz o‘yinni anglash va qulay vaziyatni aniq his qilish haqida gapirishimiz kerak. O‘sha jarayonda u kerakli joyga chiqdi,   boshqa erga ketgani yo‘q.

Umuman olganda, biz ham yig‘inlar davomida futbolchilarda ana shu xususiyatlarni rivojlantirish, jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘yish va bir-birini ko‘zini yumgan holatda ham his qila olishni shakllantirishni maqsad qilganmiz.

IMG_1692

Rossiya Premer-ligasi 1 mart kuni davom ettiriladi. TsSKA futbolchilari yangi yildagi ilk rasmiy uchrashuvda “Orenburg” jamoasini qabul qiladi.

Abduqodir Husanovga xorijdan xushxabar!

G‘alaba qozonmasak bo‘lmaydi! Avstraliyaliklar ham, o‘zbeklar ham sensatsiyani ko‘zlayapti

Hindlar O‘zbekistonga qarshi o‘yin oson kechishiga ishongandi. Raqibning 3 ta xatosi!

Fayzullaev, Husanov va o‘zbek futbolchilariga dunyoda qanday baho berishyapti?

O‘zbekistonning g‘alabasiga Hindistondan qanday munosabat bo‘ldi?

Hindlar qaysi futbolchilarimizdan cho‘chiyapti?

Shomurodovning sensatsion transferiga nima xalaqit qilyapti?

Germaniyalik ekspertlar Hindiston bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga qanday baho berdi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rasul M
20/01/2024 21:09
Shunaqa besaviya savollar berib ozbek halkini kulguga qoyasizlar Kormagani korgani kursun deganday gap Ha Abbos zor oynayapdi zor oyinchiyam lekin bundanham oldin Rassiya premer ligasida ozbek oyinchilari bolgan...aslida ruslan bepisant emas Manashunaqa saviyasiz jurnalistlar kulguga qoyayapdi
Pardayev Shavkat
20/01/2024 23:55
Журналистларнинг ўзларининг гапи бор, "боримиз шу", деганидек, уларнинг бори шу.