TsSKA o‘zining tarixiy rekordini yanada yaxshilab oldi
Moskvaning TsSKA klubi yangi 2020/21 yilgi mavsumda ham evrokuboklarda ishtirok etish huquqini naqd qilib ulgurdi.
Gap shundaki, “armiyachilar” RPLning kelasi ikki uchrashuvida (“Dinamo”, “Ural”) mag‘lub bo‘lgan taqdirda ham o‘zlari egallab turgan 5-o‘rindan pastga tushib ketmaydi.
E’tiborlisi, TsSKA ketma-ket 19 mavsumdan buyon evrokuboklarda ishtirok etadigan bo‘ldi. Ular bu borada Rossiya klublari orasida mutlaq rekordchi hisoblanadi.



Fikrlar