Turkiya chempionati. Turg‘unboev debyut qilgan o‘yinda "Sivasspor" g‘alaba qozondi

  • 11.02.2024 18:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Turkiya chempionatining 25-turidan o‘rin olgan "Sivasspor" - "Rizespor" uchrashuvi mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi. 

O‘yindagi yagona gol 30-daqiqada Manaj tomonidan kiritildi. Turg‘unboev esa 90-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi. Shuningdek, Aliqulov jarohat sabab ushbu bahsni o‘tkazib yubordi. 

Shu tariqa, sivasliklar turnir jadvalida 9-o‘ringa chiqib oldi. "Rizespor" bo‘lsa 6-pog‘onada qoldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!