Turkiya Kubogi. "Istanbul Boshakshehir" gollarga boy o'tgan o'yinda "Trabzonspor"ga yengildi
Turkiya Kubogining 4-turidan o‘rin olgan bahsda "Istanbul Boshakshehir" o‘z uyida "Trabzonspor"ni qabul qildi. Mazkur bellashuvda mezbonlar 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Mezbonlar safida o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Shu tariqa, Nuri Shahin shogirdlari "A" guruhida 6 ochko to‘plab, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar