Turkiya Superligasi. Aliqulov jarohat olgan o‘yinda “Rizespor” mag‘lub bo‘ldi
Turkiya Superligasining 18-turida “Gёztepe” oʻz uyida “Rizespor”ni 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Ushbu bellashuvda mehmonlar tarkibida asosiy tarkibda maydonga tushgan oʻzbekistonlik himoyachi Husniddin Aliqulov 75-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etdi.
Shuningdek, Aliqulov oʻz jamoasi darvozasi tomon penaltiga sababchi boʻldi va uni Lachi golga aylantirdi.
Maʼlumot uchun, “Rizespor”ning jamgʻargan ochkolari soni 18 tani tashkil qiladi va jamoa turnir jadvalidа 12- oʻrinda bormoqda.
Fikrlar