
Turkiya Superligasi. Aliqulov to‘liq uchrashuv o‘tkazgan o‘yinda "Rizespor" durang o‘ynadi
Turkiya Superligasining navbatdagi turida "Rizespor" o‘z uyida "Sivasspor"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvning 70-daqiqasida Berkay Ozdjan hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, 84-daqiqada Velko Simich hisobni tenglashtirdi.
Milliy terma jamoamiz himoyachisi Husniddin Aliqulov to‘liq uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsa, Azizbek Turg‘inboev zaxirada qoldirildi.
- Turkiya - Super Liga
- Joriy Mavsum
Fikrlar