Turkiya Superligasi. Bugun Otabek Shukurov jamoasi mamlakat grandiga qarshi maydonga tushadi

  • 21 avgust, 2022, 14:07
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Turkiya Superligasi 3-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston terma jamoasi Otabek Shukurov o‘ynaydigan "Fotih Karagyumruk" mamlakatning grand klublaridan biri "Beshiktosh" maydoniga safar uyushtiradi. Istanbuldagi "Vodafon Park" stadionida bo‘lib o‘tadigan qiziqarli bahsi Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi. 

Dastlabki ikki turdan keyin "Beshiktosh" 4 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi. Andrea Pirlo boshchiligidagi "Karagyumruk" esa hali ochko olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!