Turkiya Superligasi. "Istanbul Boshakshehir" yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Eldor Shomurodovdan dubl

  • 11.04.2026 18:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasining 29-turida Nuri Shahin boshchiligidagi "Istanbul Boshakshehir" o‘z maydonida "Genchlerbirligi"ni qabul qilib, yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 
 
O‘zbekiston milliy terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 82 daqiqa harakat qildi va ikki golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. 
 
Dastlab, hamyurtimiz 10-daqiqada hisobni ochishga erishdi. 40-daqiqaga kelib esa vakilimiz dublni rasmiylashtirdi va chempionatdagi gollari sonini 18 taga yetkazib oldi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, jamoaning boshqa bir hujumchisi Bergut Yildirim uchinchi golga mualliflik qildi.

  • Turkiya - Super Liga
  • Joriy Mavsum
3702.png

Istanbul Bashakshehir

  • Eldor Shomurodov 9'
  • Eldor Shomurodov 40'
  • Bertuğ Yıldırım 42'
Tugadi
3 : 0

11.04.2026 16:30

286.png

Gençlerbirliği

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!