Turkiya Superligasinig navbatdagi tur bahslari qachon boshlanadi?
Turkiya Superligasining navbatdagi 23-tur oʻyinlariga 20 fevral kuni start beriladi.
Ertaga boshlanadigan 23-tur bahslarini Husniddin Aliqulov toʻp tepadigan "Rizespor" jamoasi oʻz maydonida "Kojаelіspor"ga qarshi oʻyin bilan boshlab beradi. 21 fevralda esa yana ikki oʻzbekistonlik futbolchi harakat qiladigan "Istanbul Boshakshehir" "Alanyaspor" mehmoni boʻladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi. Shu kunning oʻzida chempionat yetakchisi "Galatasaroy" safarda "Konyaspor" bilan kuch sinashadi. Ushbu oʻyin 22:00da boshlanishi rejalashtirilgan. Turning markaziy bahsida "Beshiktosh" va "Gʻoztepe" jamoalari maydonga chiqadi. Chempionlik poygasida ishtirok etayotgan "Fenerbahche" jamoasi esa oʻz uyida "Kasimpasha"ni qabul qiladi. Bu bellashuv 23 fevral sanasida oʻtkaziladi.
Maʼlumot uchun, Turkiya Superligasida "Galatasaroy" jamoasi 55 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.
Fikrlar