Turkiya terma jamoasi afsonasi "Barselona"ga minnatdorchilik bildirdi
"Kasallik paytida va undan so‘ng ham klub menga katta yordam berdi. Buni hech qachon unutmayman. Men o‘lim bilan kurashayotgan edim. "Barselona"ning mana shunday paytda menga yordam qo‘lini cho‘zgani uchun undan butun umr qarzdorman.
Barchaga, ayniqsa klub prezidenti Bartomeuga rahmat demoqchiman. Ular mening hayotimni saqlab qolishdi", - dedi turkiyalik sobiq futbolchi.
Ma’lumot uchun, Rechber 2003-2004 yillar mobaynida "ko‘k-anorranglilar" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar