
Turkiyada abadiy rekord qayd etildi
Turkiya chempionatining 31-turida “Genchlerbirligi”ga qarshi uchrashuvning 81-daqiqasida maydonga tushib, raqib darvozasini ishg‘ol qilgan “Fenerbahche” yarim himoyachisi Emre Belezo‘g‘li so‘nggi to‘rtta o‘n yillikda gol urgan dunyodagi yagona futbolchiga aylandi.
Ayni paytda 39 yoshni qarshi olgan Emre ilk golini 1998 yilda urgan edi. U undan keyingi ikkita o‘n yillikda ham maydonni golsiz tark etmagan. Nihoyat, 2020 yilga kelib, to‘rtinchi o‘n yillikdagi birinchi to‘pini kiritdi.
Emre bungacha oxirgi golini joriy mavsumning birinchi turida, ya’ni 2019 yilning 19 avgust kuni “Gaziantep” darvozasiga yo‘llagan edi. Mohir yarim himoyachi o‘z davrida Angliya, Ispaniya va Italiyaning kuchli klublarida o‘ynagan.
Fikrlar