Turkiyalik mashhur MMA jangchisi Mahmud Muradov promousheni bilan shartnoma imzoladi (foto)

  • 27 sentabr, 2021, 18:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yurtimizning ko‘zga ko‘ringan sportchilaridan biri, UFC jangchisi Mahmud Muradov yangi promoushenga asos soldi.

"Muradov_professional_Liga" nomini olgan mazkur promoushen turkiyalik sportchi Qodir Dalkran bilan shartnoma imzoladi. Ushbu jangchi professional MMAda 5 bor oktagonga ko‘tarilgan va 3 bor sabmishen evaziga g‘alaba qozongan. 2 ta to‘qnashuvda imkoniyatni boy bergan.

Avvalroq, o‘zbekistonlik mashhur sportchilar Shoxasan Mirzamatov hamda Bahodir Bakiev ham Muradov ligasida ishtirok etishi aniq bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, 22 oktyabr kuni poytaxtimiz "Muradov_professional_Liga"ning ilk turniriga mezbonlik qiladi. Hozircha to‘liq fayt-kard ma’lum emas.

photo_2021-09-27_18-13-07

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!