
Turkmaniston – O‘zbekiston 0:2 (video)
“CAFA U-19 championship-2019" turniri doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston bilan bahs olib bordi.
Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvda vakillarimiz 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Odilbek Abdumajidov va Ibrohim Ibragimovlar mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Shu tariqa, Azamat Abduraimov shogirdlari hisobidagi ochkolar soni 5 taga etdi va jamoa musobaqani 3-o‘rinda yakunladi. Dastlabki o‘rinni Eron egallagan bo‘lsa, mezbonlar, Tojikiston terma jamoasi 8 ochko bilan guruhda ikkinchi bo‘ldi.
Fikrlar