Turli xil statistik portallar Husanovning oʻyinini necha ballga loyiq koʻrdi?
Xabaringiz bor, "Manchester Siti" Angliya Premier-ligasining 20-turida "Chelsi" bilan kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuvning 50-daqiqasida hamyurtimiz Abduqodir Husanov Yoshko Gvardiola o‘rniga zahiradan maydonga tushib, yaxshi harakat qildi.
Ushbu to‘qnashuvdan so‘ng bir necha mashhur statistik portallar Husanovning o‘yini turlicha baholadi.
"Fotmob" vakilimizni 6.6 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 6.4 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti esa hamyurtimizga 6.7 ball berdi.

Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 7 yanvar kuni "Brayton"ga qarshi o‘tkazadi. Gvardiol va Diashning jarohat olgani bois, vakilimizning maydonga tushish ehtimoli yuqoriroq.

Fikrlar