
“Turon” 11 futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi
Superliga ikkinchi davra oldidan “Turon” jamoasi tarkibini kuchaytirish maqsadida 11 nafar yangi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Jumladan, yarim himoyachi Fayzullobek Jumanqo‘ziev klub bilan 2024 yilning oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Jumanqo‘ziev “Buxoro” va “Istiqlol” klubida to‘p tepgan.
Shuningdek, “Nasaf” klubidan hujumkor yarim himoyachi Azizbek Xolmurodov va yarim himoyachi Nodirbek Mukarov ijaraga olindi, hujumkor yarim himoyachi Shohmalik Komilov ham tarkibga jalb etildi.
“Paxtakor”dan 2000 yilda tug‘ilgan futbolchi Javohir Alijonov 2024 yilning oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Himoyachi Abubakir Ashurov hamda yarim himoyachi Shaxzodbek Rahmatullaev yaypanliklar tarkibini to‘ldirdi.
Himoyachi Sardor Xursandov 2024 yilning oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Xursandovni futbol muxlislari “Bunyodkor”, “Andijon” klubida faoliyat yuritgan.
Himoyachi Akbarjon Abdirasulov 2026 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. 2003 yilda tug‘ilgan futbolchi Bekobodning “Metallurg” klubidan kelib qo‘shildi.
“Olimpik” klubiga ijaraga berilgan yosh iqtidorli himoyachi Abdurahim Saydullaev “Turon”ga qaytdi.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi markaziy yarim himoyachisi Ravshan Xayrullaev 2026 yilga qadar mo‘ljallangan bitimni imzoladi. 2005 yilda tug‘ilgan futbolchi “Metallurg”dan kelib qo‘shildi.
Fikrlar