"Turon" klubi tojikistonlik himoyachi bilan rasman kelishuvga erishdi
Kecha Sports.uz sayti orqali tojikistonlik himoyachi Firdavs Chakalovning "Turon" klubiga qo‘shilgani xususida xabar bergandik. Bugun klub matbuot xizmati mazkur o‘yinchi bilan rasman kelishuvga erishilganligini e’lon qildi.
O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yib kelayotgan "Turon" klubim yozgi transferlar vaqtida tarkibni bir qator mahoratli futbolchilar bilan kuchaytirishni maqsad qilgan. Xususan, bugun jamoa tarkibiga qanot himoyachisi, “2020 yilgi mavsumda Tojikiston chempionatining eng yaxshi himoyachisi” deb topilgan futbolchi Firdavs Chakalov rasman “Turon” bilan shartnomaga imzo chekdi.
Ma’lumot uchun Firdavs Chakalov bugunga qadar Maldiv chempionatining "Viktoriya SK", Tojikiston chempionatining "Xo‘jand" klublari safida harakat qilgan qilgan. Shuningdek, iqtidorli himoyachi OFK Kubogi musobaqasi ishtirokchisi ham hisoblanadi.
"Turon" PFK jamoasi Firdavs Chakalovning klubimizdagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaydi, - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.



Fikrlar