"Turon" nohaq mag‘lub bo‘lgan Jizzaxdagi o‘yin videosharhini tomosha qiling
Bugun Superliganing 2-turida “So‘g‘diyona” o‘z maydonida chempionat debyutanti hisoblangan “Turon”ni qabul qildi.
Jizzaxdagi o‘yin taqdirini 52-daqiqada mezbonlar a’zosi Shohruz Norxonov tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa “So‘g‘diyona” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Aytish kerakki, bosh hakam Viktor Serazitdinov penalti belgilangan vaziyatda juda katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Aslida to‘p “Turon” futbolchisining qo‘liga emas yuziga tekkan edi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:



Fikrlar