"Turon"da futbol uchun barcha sharoit bor, "Surxon"da esa...Yoxud klubini o‘zgartirgan futbolchidan ochiq gaplar

  • 8 yanvar, 2021, 20:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Ma’lumki, Superliga debyutanti – “Turon” jamoasi mavsumga birinchilardan bo‘lib tayyorgarlikni boshladi. Selektsiya ishlarida ham bir muncha faollik ko‘zga tashlanib turibdi. E’tibor berayotgan bo‘lsangiz, asosan Superligada to‘p surib, tanilib qolgan futbolchilar bilan shartnomalar imzolanyapti.

Tecno

Murabbiylar har bir chiziqni kuchaytirish harakatadilar. Masalan, himoya chizig‘i ham tajribali o‘yinchilar hisobiga boyitilyapti. Shu maqsadda namanganlik Jahongir Mehmonov ham taklif etildi va yangi mavsumni debyutant jamoa safida o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Garchi Jahongir Mehmonovda boshqa takliflar bo‘lsa-da, u “Turon” klubini tanlashga qaror qildi. Futbolchi avvalo buning sababini aytdi:

- “Turon “ klubida futbolga bo‘lgan munosabat katta rol o‘ynar ekan. Futbolga aloqada barcha jihatlar, umuman mayda detallargacha e’tibor berishibdi. Masalan, mashg‘ulot jarayonlari, shifokorlar nazorati, dietolog, hamma-hammasi faqat futbolga qaratilgan. Jamoani tanlashimda ushbu holatlar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Rostini aytaman, o‘tgan yili shunday omillar tufayli rosa qiynalgandik, “Surxon”da e’tibor juda past bo‘ldi. Moliyaviy tomonlama ham muammolar ko‘p edi. “Turon”da esa barchasi aksincha. Bu esa meni qiziqtirib qo‘ydi.

Garchi “Surxon”da tajribali o‘yinchilar to‘planganiga qaramay, jamoa kutilgan natijani ko‘rsata olmagandi. Mehmonovning yuqoridagi fikrlaridan shuni bilish mumkinki, chindan ham termizliklarda barqaror o‘yin ko‘rsatish uchun etarli imkoniyat bo‘lmagan. Jahongir esa yana quyidagilarni qo‘shimcha qildi.

mexmonov_3

- Yuqorida bejizga aytmadim, “Surxon”da futbolga e’tibor past edi. Murabbiylar ko‘p narsa xohlashadi-ku, ammo klub tomonidan yaxshi darajada e’tibor qaratilmasa baribir ming harakat qilganingiz bilan o‘xshamas ekan. Jamoa esa qiynalib qoldi. Moliyaviy taraflama katta muammolar bo‘ldi. Masalan, kelishilgan summa boshqacha edi, ammo berilayotgan summa boshqacha bo‘ldi. Shuning hisobiga muammolar bo‘ldi. Hammaning oilasi bor, o‘ziga yarasha tashvishlari bo‘ladi. Barchaga moliyaviy ta’minot kerak. Chunki har bir erkak uydan oilasini boqish uchun chiqadi. Shunga yarasha futbolchiga e’tibor bo‘lmasa, ruhiy taraflama ham o‘yinga tayyor bo‘la olmaydi. To‘g‘ri, moliyaviy holat muhim. Lekin eng asosiysi, “Surxon”da futbolga bo‘lgan e’tibor past darajada edi. Hatto mashg‘ulotlarda ham shunday edi. Safar o‘yinlariga borishda ham shu ahvol, hattoki, xordiq berilgan mahalda uyga borib-kelishimizda ham muammolar bo‘lardi, yonimizdan pul sarflab borib kelardik.

Shunday qilib, Mehmonov “Surxon”ni birinchilardan bo‘lib tark etdi, chunki shartnomasi tugagandi. Uni yana bir bor “Navbahor”ga qaytishini kutganlar bor edi. Futbolchidan bu borada taklif bo‘ldimi, deb so‘radik...

- Yashirmayman, menga “Navbahor”dan taklif bo‘lgani yo‘q. Shuning hisobiga u erga bormadim. “Turon”da esa futbolga bo‘lgan e’tibor menga juda yoqdi. Rahbarlari futbol uchun hamma sharoitni yaratib beryapti. Muhimi, mashg‘ulotlarda yaxshi qatnashib, o‘yinlarga puxta tayyorlanish uchun barcha imkoniyatlar bor. U erda hamma narsa futbol uchun qilinyapti, - dedi Jahongir.

“Turon”ga albatta Mehmonov kabi ko‘pni ko‘rgan o‘yinchilarning tajribasi asqotadi. Maqsad esa jiddiy ekanligi aytilyapti.

- “Turon” Superligada yosh jamoa bo‘ladi, menimcha. Chunki elitada debyutant. O‘yinchilari ham yoshroq, eng kattalari biz tengi futbolchilar bo‘lsa kerak. Oldimizga qo‘yilgan maqsadlar katta, buning uchun o‘zimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Muhimi, bu borada hamma sharoit yaratilgan. Iqtidorli yoshlar ham ko‘p, klubda. Nazarimda, “Turon”da bir qancha futbolchilar kashfiyot bo‘lishadi, - deya munosabat bildirdi, Mehmonov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mansur Shukurov
08/01/2021 21:45
Tuzni yeb tuzliqa tupirish deyishadiku xalqimiz ertaga Turondan ketganidan keyin Turonda pul yo‘q edi deydi. Sanga o‘xshagan futbolchilar yo‘q bo‘lsa o‘zbek futboli rivojlanadi. Afsus Navbahor bejizga xaydamagan ekan.
Gulmurod Tuxtashev
09/01/2021 07:22
Э "эркак" - "эркак"! Сендакалар туфайли Янги жамоалар кийин ахволга тушиб коляптику , нон туз ёб гапирган гапингни кара. Уйнама Эди булмаса. Сендакалар аслида урокда йук машокда йук тайёрига айёрсанлар. Турон ёш футболчилари мехнатни килиб юкори лига чикди. Юкори лигада пулни хам купрок тулашади. Сенга ухшаганлар эса уялмай еган тузинга тупириб бориб Яна бировнинг ошини емокчи буляпсан. Мехнат килганлар бошка ош ейишга келганлар бошка. Э "эркак- эркак"!
&
Asilbek shukurovich
08/01/2021 21:59
Узи сурхонга келиб нима каромат курсатдинг курук семирдинг энди сурхондарени нонини еб гапиряпсанми яхши уйнасанг пул оласанда янаги йил туронди хам бундан баттар гапларди гапирасан