
"Turon"ning Toshkentdagi yig‘inida 25 nafar futbolchi qatnashadi
Avval xabar berilganidek, “Turon” jamoasi 5 fevraldan Toshkent shahrida yangi mavsum uchun navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshlaydi. Klub matbuot xizmati poytaxtda bo‘lib o‘tadigan yig‘inda ishtirok etadigan jamoaning to‘liq tarkibi haqida ma’lumot berdi:
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov.
Yordamchi murabbiylar: Murod Ismoilov, Ilhom Zaylobiddinov, Azizxon Isomiddinov.
Darvozabonlar murabbiyi: Bekzod Turg‘unov.
Bosh shifokor: Otabek Ulug‘bekov.
Massajchilar: Bahodir Haydarov, Dilshodbek Ulug‘bekov.
Ma’murlar: Nozimjon Samatov, Ahadjon Saidov.
Klub operatori, matbuot xizmati vakili: Dilmurod Sodiqov.
Klub tarjimoni: Nurullo Subhonov.
Dietolog: Islombek Musulmonov.
Klub haydovchisi: Telmonjon Abdusattorov.
Darvozabonlar: Akmal Ortiqov, Mirzohid Jalilov, Amal Shavketov, Islombek Abdullaev.
Himoyachilar: Jahongir Mehmonov, G‘iyos Komilov, Abduqahhor Hojiakbarov, Asliddin Toshtemirov, G‘olibbek Sariboev, Ismoiljon Oxunjonov, Dostonbek Meliqo‘ziev.
Yarim himoyachilar: Fozil Musaev, Muzaffar Muzaffarov, Davron Umirov, Sunnatillo Ermatov, Javohir Sohibov, Sinisha Babich, Umarjon Sharipov.
Hujumchilar: Abdulazizxon Abdurashidov, Bilolxon Toshmirzaev, Doniyor Ismoilov, Abdurahmon Abdulxaqov, Asilbek Qayumov, Jasur Hakimov, Orifxo‘ja Abduxoliqov.
Sports.uz olgan ma’lumotga qaraganda, “Turon”ning Toshkentdagi yig‘in davomida “Andijon” (7 fevral), AGMK (9 fevral), “Yangier” (13 fevral) va “Mash’al” (16 fevral)ga qarshi nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar