
Tuxel "Bavariya"ni boshqargan eng yomon murabbiylardan biri bo‘lib tarixga kirdi
Tomas Tuxel "Bavariya" bosh murabbiyi sifatida o‘yinlarning deyarli chorak qismida mag‘lub bo‘ldi.
Bundesliganing 27-turida "Borussiya" bilan uchrashuv uning myunxenliklar bosh murabbiyi sifatidagi 50-o‘yini bo‘ldi va mazkur bellashuvda u o‘zining klubdagi 12-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Tuxel o‘tkazilgan uchrashuvlarning 24 foizida mag‘lub bo‘lgan. Bu Syoren Lerbidan (1991-1992) keyingi eng yomon natija bo‘lib, unda "Bavariya" o‘z o‘yinlarining 41,2 foizini yutqazgan.
Fikrlar