
“Chelsi” ikki o‘yinchidan voz kechdi
“Chelsi” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelga kerakli o‘yinchilarni olish uchun klubning ikki nafar tarbiyalanuvchisini sotib yuborishga qaror qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “aristokratlar” mavsumni ijara asosida boshqa klublarda o‘tkazayotgan Faustino Andjorin va Armando Broyya sotib yuborishga tayyor.
Buyuk Britaniya hukumatining klubga qo‘llagan sanktsiyalari ortidan “Chelsi” xo‘jayini o‘zgaradi. Lekin kim kelishidan qat’i nazar transfer uchun pul ajratiladi. Ikki nafar o‘yinchining transferidan keladigan mablag‘ ham boshqa futbolchilarni olishga yo‘naltiriladi.
“Chelsi” bu usuldan ko‘p foydalanadi. O‘tgan yozda “aristokratlar” Romelu Lukakuni olib kelish uchun o‘z tarbiyalanuvchilaridan Temmi Abraxam, Fikayo Tomori, Kurt Zumani sotib yuborgandi.
Hozir “Chelsi” tarbiyalanuvchisilari ijarada o‘ynayotgan jamoalar ularni o‘zida saqlab qolmoqchi. “Sautgempton” Broyya uchun xarajatga tayyor. “Xaddersfild” ham Andjorin shu jamoada faoliyatini davom ettirishga qarshi emas.
Londonliklar bu ikki transferdan 50 million funt olishni mo‘ljallagan.
Fikrlar