
Tuxel: "Kepani maydonga tushirganimdan afsuslanmayman"
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Liverpul"ga boy berilgan Angliya liga kubogi finalidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Unga ko‘ra, kecha "Chelsi"ga biroz omad etishmadi.
"Ajoyib o‘yin bo‘ldi. Futbolda bunday bahslar ko‘p bo‘ladi. Ammo gol urmasdan, intrigani fantastik darajada ushlab turish faqat "Chelsi" va "Liverpul"ga xos.
Kepani maydonga tushirganimdan afsuslanmayman. Uni avval ham penaltilar uchun maydonga tushirgandim. Uning reaktsiyasi yaxshi. Lekin zarba berayotganda u shoshib qoldi.
Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Menimcha, kecha omad bizdan yuz o‘girdi. 3 marta ofsayddan gol urdik, yaqqol vaziyatlardan foydalana olmadik va hokazo. Asosiy vaqtlardagi durang - adolatli natija edi", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar