Tuxel: Lukaku, sen endi asosiy hujumchi emassan!

  • 18 dekabr, 2021, 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel katta summaga xarid qilingan Romelu Lukaku ayni paytda asosiy hujumchi vazifasini uddalashga tayyor emasligini aytdi.

Bir oydan ko‘proq vaqt mobaynida jarohatini davolatgan belgiyalik hujumchi asosiy tarkidagi o‘rnini yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi.

Tomas Tuxel bu vaziyatni ikki sabab bilan tushuntirdi. Birinchidan, Lukakuning sport formasi hali talab darajasida emas.  Ikkinchidan, A Seriyada ikki mavsumni yuqori saviyada o‘tkazgan to‘purari hali premer-ligaga to‘la moslashib olgani yo‘q.

- Biz uni faqatgina zarur paytlarda o‘ynashi uchun olganimiz yo‘q. Uni doimiy o‘ynashi uchun olib kelganmiz, bizga yoqadimi yoki yo‘q, u hali ham moslashish jarayonini o‘tayapti. Italiya va Angliya futboli bir-biridan keskin farq qiladi.

Romelu maydonda bo‘lmashanida yaxshi o‘ynayotgan va gol urayotgan edik. Tempimiz baland edi. Majbur bo‘lganimiz uchun boshqa echimlarni topgandik.

Qolgani jismoniy holatga bog‘liq. Romelu mashg‘ulotlarda o‘zini ayamoqda. U buni hech qachon tan olmaydi, lekin men ko‘rib turibman. Unga sabr tilayman, - dedi Tomas Tuxel.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!