
Tuxel "Manchester Siti"ga qarshi Kanseluni boshqa pozitsiyada o‘ynatishi mumkin
Joau Kanselu Tomas Tuxel qo‘l ostida "Bavariya"da yangi pozitsiyada o‘ynashi mumkin. Portugaliyalik o‘ng qanot himoyachisi Chempionlar ligasi chorak finalida "Manchester Siti"ga qarshi javob o‘yinida yarim himoyada maydonga tushishi mumkin. Bu haqda jurnalist Filipp Kessler ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Tuxelning bunday qarorga kelishiga Leon Goretskaning hozirgi formasidan qoniqmayotgani sabab bo‘ldi. Germaniyalik mutaxassis Leonning o‘rniga Kanselani Joshua Kimmix bilan juftlikda boshlamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" - "Manchester Siti" uchrashuvi chorshanba oqshomida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar